18 Август 2025 йил 72

“Eng yaxshi psixolog” tanlovi eʼlon qilinadi

Tanlovda egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar psixologiya yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega IIO xodimlarishahodatlangan va shahodatlanmagan psixologlarning ishtirok etishi mumkin!

Tanlovni oʻtkazish bosqichlari:

Hududiy saralash bosqichi – sentabr oyida Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatiuning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda taʼlim muassasalari xodimlari oʻrtasida. Respublika bosqichi – oktyabr noyabr oylarida hududiy saralash bosqichida gʻolib boʻlgan xodimlar oʻrtasida bo'lib o'tadi.

Tanlov quyidagi shartlar asosida oʻtkaziladi:

a) Ishtirokchilarning psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari, targʻibot-tashviqot ishlari (OAVda eʼlon qilingan materiallargazeta va jurnallardagi maqolalar va boshqalar), ishtirokchilarning treningseminarkonferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki.

b) psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qogʻozi video roligi;

v) psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va uni amaliyotga joriy qilish istiqbollari;

g) ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar (savol-javoblar), psixologiya sohasiga tegishli ichki idoraviy hujjatlar boʻyicha savol-javoblar, psixologiya sohasi boʻyicha savol-javoblar.

Respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlari Ichki ishlar vazirligining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanishadiBundan tashqaritanlovning Respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

Amaldagi intizomiy jazo chorasini muddatidan oldin ragʻbatlantirish tariqasida bekor qilish, muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish (harbiy tuzilmalar bundan mustasno, psixologiya sohasida malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 22-noyabr – "Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladi.

Ushbu tanlovda qatnashish istagida boʻlgan IIO xodimlari 2025-yil 19-avgust kunidan 10-sentyabr (shu kuni hamkuniga qadar Toshkent viloyati IIBB MMI va KBTX MMIB Psixologik taʼminlash guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: +99899 882 28 33

Text to speech