18 Avgust 2025 yil 73

“Eng yaxshi psixolog” tanlovi eʼlon qilinadi

Tanlovda egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar psixologiya yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega IIO xodimlari, shahodatlangan va shahodatlanmagan psixologlarning ishtirok etishi mumkin!

Tanlovni oʻtkazish bosqichlari:

Hududiy saralash bosqichisentabr oyida Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda taʼlim muassasalari xodimlari oʻrtasida. Respublika bosqichioktyabr noyabr oylarida hududiy saralash bosqichida gʻolib boʻlgan xodimlar oʻrtasida bo'lib o'tadi.

Tanlov quyidagi shartlar asosida oʻtkaziladi:

a) Ishtirokchilarning psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari, targʻibot-tashviqot ishlari (OAVda eʼlon qilingan materiallar, gazeta va jurnallardagi maqolalar va boshqalar), ishtirokchilarning trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki.

b) psixologiya kasbini yoritishga qaratilganEng yaxshi psixologtashrif qogʻozi video roligi;

v) psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va uni amaliyotga joriy qilish istiqbollari;

g) ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar (savol-javoblar), psixologiya sohasiga tegishli ichki idoraviy hujjatlar boʻyicha savol-javoblar, psixologiya sohasi boʻyicha savol-javoblar.

Respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlari Ichki ishlar vazirligining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanishadiBundan tashqari, tanlovning Respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

Amaldagi intizomiy jazo chorasini muddatidan oldin ragʻbatlantirish tariqasida bekor qilish, muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish (harbiy tuzilmalar bundan mustasno, psixologiya sohasida malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 22-noyabr – "Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladi.

Ushbu tanlovda qatnashish istagida boʻlgan IIO xodimlari 2025-yil 19-avgust kunidan 10-sentyabr (shu kuni ham) kuniga qadar Toshkent viloyati IIBB MMI va KBTX MMIB Psixologik taʼminlash guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: +99899 882 28 33

Text to speech