15 Iyul 2025 yil 599

“Qoradori-2025” tezkor tadbirlari doirasida Toshkent viloyati IIBB tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosanRespublika boʻyichajumladan Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishigashuningdek ularni saqlashisteʼmol qilishyetishtirish hamda realizatsiya qilish holatlarini aniqlash va oldini olishga qaratilgan Qoradori – 2025” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirning birinchi bosqichi amalga oshirildi.


Ushbu
 tadbir aholiayniqsayoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishmamlakatimiz fuqarolari salomatligini muhofaza qilishkuchli taʼsir qiluvchi moddalar va giyohvandlik vositalarining tarqalishiga chek qoʻyishga qaratildi.

Tadbir
 doirasida Toshkent viloyatida ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlari jalb etilgan holda tizimli ishlar amalga oshirildiGiyohvandlik vositalarining qatʼiy nazorati va hamkorlikdagi harakatlari natijasida qator jinoyatlar fosh etildi.

Jumladan
tadbirning birinchi bosqichi davomida 54 kilogramm 190 gramm giyohvandlik moddalari hamda 19 ming 369 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari muomaladan olindiShuningdek, ming 655 tup giyohvandlik oʻsimliklari aniqlanibbelgilangan tartibda yoʻq qilindi.

Aniqlangan
 jinoyatlarning 89 tasi giyohvand moddalarni oʻtkazish, 137 tasi saqlash, 147 tasi yetishtirish, 10 tasi kontrabanda boʻlsa, 26 tasi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq holatlarni tashkil etdi.

Hurmatli
 fuqarolar!

Agar
 siz giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq shubhali holatlardan xabardor boʻlsangizdarhol 102 qisqa raqami orqali yoki yaqin oradagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishingizni soʻraymizShuningdekTelegram ijtimoiy tarmogʻidagi “STOPNARKO” boti orqali ham murojaat qoldirishingiz mumkinMurojaat etuvchining shaxsi toʻliq sir saqlanishi kafolatlanadi.

Toshkent viloyatida giyohvandlikka qarshi kurash tezkortizimli va manzilli tarzda davom ettirilmoqda.

Text to speech