19 Феврал 2022 йил 590

“Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish oyligi” doirasidagi targʻibot tadbirlari

Joriy yilning fevral oyi mamlakatimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish” profilaktik oyligi deb eʼlon qilindi.

Shundan kelib chiqqan holda, ayni kunlarda Toshkent viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan profilaktik targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.

Qibray tumani 1-sonli IIB profilaktika katta inspektori, katta leytenant Shahboz Oripov tomonidan, kuni kecha 6-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan targʻibot tadbiri ham “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari” mavzusi doirasida boʻldi.

Profilaktika inspektori uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, shuningdek inson ongi va sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni isteʼmol qilishning va OIV infeksiyasining oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirib oʻtdi.

Yigʻilish yakunida ishtirokchi yoshlarga giyohvandlik va OIV infeksiyasining salbiy oqibatlari aks etgan bukletlar tarqatildi.
Bu boradagi profilaktik va targʻibot tadbirlari viloyatning barcha shahar-tumanlarida davom etadi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech