Tanlov tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413 son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrugʻi talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan erkaklar;
- Doimiy yashash joyi boʻyicha Toshkent viloyatida roʻyxatda turgan;
- Harbiy xizmatni oʻtagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- Yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta boʻlmagan;
- Boʻyi 170 (bir yuz yetmish ) santimetrdan past boʻlmagan;
- Oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan oliy maʼlumotga ega boʻlganlar shuningdek IIV Akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari;
- Tugallanmagan oliy maʼlumotga ega yoki zaxiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi
Arizalar E-nomzod sayti orqali faqat onlayn tarzda joriy yilning 14-may kunidan 21-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlar roʻyxatga olinmaydi. Toʻliq maʼlumotlar uchun Toshkent viloyati IIBBning ishga qabul qilish boʻyicha Telegramdagi rasmiy guruhga aʼzo boʻling
Hurmatli nomzod TELEGRAM ijtimoiy tarmogʻidan @TV_IIBB_ISHGA_QABUL ushbu havola orqali rasmiy guruhga qoʻshiling, barcha kerakli maʼlumotlar guruhga joylangan yangiliklar muntazam yetkazib boriladi !!!
Telefon raqami +998-71-762-21-46