7 Май 2025 йил 202

Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pullarini oʻzlashtirib kelgan shaxs qoʻlga olindi

Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik boʻlimi va Ohangaron shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomidaTelegramtarmogʻidaPUBGoʻyini uchun akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pullarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirib kelgan shaxs aniqlanib, ushlandi.

Aniqlanishicha, ohangaronlik 20 yoshli yigit hududiy ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilib, Telegram' orqali akkaunt sotib olish maqsadida nomaʼlum shaxsning bank kartasiga 9 million soʻm pul oʻtkazganini, ammo vaʼda qilingan akkaunt berilgach, bir kundan keyin qaytarib olinganini maʼlum qilib qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu qilmishni Navoiy viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit sodir etgani aniqlangan va u protsessual tartibda ushlangan. U Telegramdagi turli kanallarda eʼlon joylashtirib, akkauntlarni sotish bahonasida fuqarolarni chuv tushirib, ularni bir kunga sinov tariqasida foydalantirib, keyin esa akkaunt parollarini oʻzgartirib, pullarni oʻzlashtirib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan 2005 y.t (D.F) shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismigbandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech