Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun, xotin-qizlar uchun psixologik trening va amalga oshirilgan ishlar tahlili
Toshkent
viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va yosh
avlodda vatanga muhabbat, kasbga fidoiylik hissini shakllantirish bo‘yicha amal
oshirilgan ishlar yakuniga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri — hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimlar, Akademik litsey o‘quvchi qizlari, IIBB mas’ul rahbarlari va mehmonlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida, 25-noyabr kuni "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlangani va bu tashabbus Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni bilan bog‘liq bo‘lib, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlarini birlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, ichki ishlar organlaridagi ayol xodimlar bu borada yetakchi bo‘lishi, zo‘ravonlikka qarshi kurashni o‘z xizmat vazifasi va insoniy burchi deb bilishi kerakligi mas’ullar tomonidan aytib o‘tildi. Tadbir davomida bu yo‘nalishdagi amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
So‘zga
chiqqanlar, davlat rahbari tashabbusi bilan zo‘ravonlikka qarshi tizimli ishlar
jadallashtirilganini, "Inson qadri uchun" tamoyili asosida qonunlar
takomillashtirilgani va jazo choralari qat’iylashtirilganini alohida ta’kidlab
o‘tdilar.
Yig‘ilishda, shuningdek, IIV tegishli buyruqlarining ijrosi hamda viloyat ichki ishlar
organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimlar o‘rtasida tarbiyaviy, psixologik va
ijtimoiy-huquqiy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan
targ‘ibot ishlari tahlil qilindi va kelgusi rejalar belgilandi.
Jarayonda
psixolog Shahnoza Tashmatova tomonidan stressni boshqarish, xotin-qizlarga
nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, shuningdek, xotin-qizlar orasida
uchraydigan muammoli vaziyatlardan chiqish bo‘yicha psixologik mashg‘ulotlar
o‘tkazildi.
Tadbir
so‘ngida, IIOda uzoq yillar munosib xizmat qilib, yorug‘ yuz bilan faxriy
maqomda erishgan ayol xodimlar nafaqaga kuzatildi.
Bunday
tadbirlar ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy faolligini oshirish, oilaviy sharoitlarini
va xizmat faoliyatini yaxshilashga xizmat qilishi bilan katta ahamiyatga ega.