16 Sentyabr 2025 yil 18

Jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir choralar muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-oʻqituvchilari, Magistratura tinglovchilari va viloyat IIBB masʼullari tomonidan Chirchiq shahridagi 39 ta mahalla yettiliklari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Mazkur yigʻilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi PQ-253-son qarori bilan tasdiqlanganKriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli choralar Konsepsiyasiga muvofiq tashkil etildi.

Yigʻilishda jinoyatchilikni kamaytirish, jinoyatlar oldini olish va mahallarda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan aniq ish choralari muhokama qilindi. Konsepsiyada belgilangan vazifalarga asosan, ishchi guruh oʻzining taklif va tavsiyalarini berib, mahalliy aholi bilan hamkorlikda yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish, aniq yoʻnalishdagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Yigʻilish davomida maxsus choralar va amaliy qadamlar orqali Chirchiq shahrida kriminogen vaziyatni jilovlash borasida ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech