15 Iyun 2022 yil 632

Jinoyat ishini tugatish evaziga tergovchiga pora taklif qilgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi

Joriy yilning 8-may kuni Yangiyul shahar “Baxt” MFYda yashovchi 1976 y.t. H.H. boshqa bir fuqaroni urib tan jarohati yetkazganligi holati yuzasidan unga nisbatan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergovchi bildirgisiga ko‘ra, shu kunning o‘zida gumonlanuvchi H.H. va uning himoyachisi Yu.S. unga (tergov harakatlarini olib borayotgan shahar IIB tergovchisi) bir necha marta jinoyat ishini ularning foydasiga tugatib berishi evaziga 1500 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan.

IIOda o‘tkazilayotgan “intizom oyligi” doirasida xodim bildirgisiga asosan IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, gumonlanuvchi H.H. tergovchiga taklif qilgan 1500 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Yangiyo‘l shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech