27 Sentyabr 2024 yil 5471

Jazo muassasasidan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish yuzasidan tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-avgust kunidagi PF-127-sonli Farmoniga asosan, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan bir guruh shaxslar afv etildi. Afvga tushganlar orasida Toshkent viloyatida yashovchi 41 nafar mahkum ham bor bo‘lib, ular hududiy Ichki ishlar bo‘limlarining Probatsiya xizmati hisobiga olindi.

Afv etilgan fuqarolarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va murabbiy biriktirish kabi ishlar belgilangan. Bu chora-tadbirlar ularni qaytadan jinoyat yo‘liga kirib qolishlarini oldini olishga qaratilgan.

Kuni kecha Nurafshon shahar hokimligida viloyat IIBB va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida har bir afv etilgan shaxs bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, ularning ijtimoiy moslashuv jarayonlari va qayta jinoyat sodir etish ehtimolini kamaytirish borasida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlarga subsidiyalar ajratish va ish topish istagida bo‘lganlarni bandligi bilan ta’minlash borasida amaliy yordam ko‘rsatish choralari ham belgilab olindi.

Text to speech