21 Oktyabr 2025 yil 391

Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toshkent viloyati IIBB maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Tadbirda jurnalist va shoira Zarifa Eraliyeva “Oʻzbek tili – onajonim tili bu” mavzusida maʼruza qilib, ona tilning xalq maʼnaviyatidagi oʻrni, milliy oʻzligimizni ifodalovchi eng ulugʻ qadriyat ekanini alohida taʼkidladi.

U oʻz soʻzida: “Til - millat yuragi, u yashasa, xalq yashaydi”, — deya qayd etdi. Shuningdek, shoira oʻzining ijod namunalaridan bir nechtasini oʻqib, xodimlarga ruhiy zavq ulashdi. Yigʻilishda, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilik meʼyorlariga qatʼiy rioya etish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Siyosiy maʼrifat soati” tahliliy axborot dasturi namoyish etildi. Shuningdek, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik boʻlimi masʼullari tomonidan vazirlikning tegishli buyrugʻi mazmun-mohiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.

Text to speech