Zangiotada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi fosh etildi
Toshkent
viloyatida o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida 110 mln so‘mlik
kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari bilan bog‘liq holat aniqlandi.
Toshkent
viloyatida o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tezkor-profilaktik tadbirining
ikkinchi bosqichi doirasida viloyat IIBB, DXX viloyat boshqarmasi hamda
Zangiota tumani IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri
davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga
kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha,
tezkor kuzatuvga olingan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro (1995-y.t. Sh.A.) boshqaruvidagi
“Tracker” rusumli avtomashina Yangi hayot tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan
kechirilgan. Tekshiruv jarayonida avtomashina salonidan jami 99 ta konvalyutada
988 dona “zardex” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topilgan. Ashyoviy
dalil sifatida hujjatlashtirilgan ushbu vositalarning “qora bozor”dagi umumiy
qiymati qariyb 110 million so‘mni tashkil etmoqda.
Holat
yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 251 prim 1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda
tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib
o‘tamiz,
kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish,
saqlash, tashish yoki sotish holatlari uchun 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish jazosi belgilangan.