“Sogʻlom avlod - xavfsiz jamiyat” keng ko'lamli profilaktik oyligi doirasida oʻtkazilgan nazorat tadbirida, Zangiota tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan, fuqaro 1978-y.t. (A.A.) oʻzining yashash xonadonidagi “kurkaxona” tom qismida oʻndan ortiq shisha idish va polietilen qoplarda “marixuana” giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Sogʻlom avlod – xavfsiz jamiyat” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida fuqarolar, ayniqsa yoshlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi kurash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan keng koʻlamli nazorat-reyd tadbirlari izchil olib borilmoqda.