5 Iyul 2022 yil
624
Yarim tunda taqiqlangan moddalar olib yurgan shaxs PPX xodimlari tomonidan ushlandi
29 iyun kuni soat taxminan 02:50larda Toshkent tumani Keles shaharchasi hududida shubhali harakatlar bilan ketayotgan 5 nafar shaxs shu hududda tungi xizmatni o‘tayotgan 4-mintaqa PPX xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, o‘zini 1992 y.t T.Q. deb tanishtirgan fuqaro yonidan 45 dona kapsula ko‘rinishidagi “Regopen” (kuchli taʼsir qiluvchi dori) va ko‘k paketga o‘ralgan o‘tkir hidli giyohvand moddaga o‘xshash modda hamda 2 dona oq rangli idishda suyuqlik borligi aniqlangan va vositalar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.
Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun ishtirokchilar IIBga olib borilgan.
IIBB Axborot xizmati