7 Mart 2022 yil 349

Xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda, viloyati IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov boshchiligida rahbariyat, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari, erkin yollangan xotin-qizlar va ayol xodimlar ishtirok etdi.

Bosh boshqarma boshlig‘i tadbir ochib berar ekan, viloyat IIO tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlari bayram bilan qutlab, tizimda ayol xodimlarning alohida o‘rni borligi taʼkidladi.

- Kuni kecha dalatimiz rahbari taʼkidlaganidek, tizimlarda nega ayol rahbarlar bo‘lmasligi kerak, albatta bo‘ladi, - dedi Tohir Aripov. Bu borada Toshkent viloyati birinchilardan bo‘lib tashabbus ko‘rsatadi va ayol xodimlar orasidan ham shahar-tuman IIB boshliqilari, generallar chiqadi.

Tadbirda o‘z xizmat vazifasiga sitqi dildan yondashgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 15 nafar fidoiy ayol xodimlar IIV tomonidan mukofotlandi.

Xususan:

“Podpolkovnik” maxsus unvoni bilan

mayor Umartayeva Sayyora Abduraxmonovna

 

Aʼlo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan

podpolkovnik Jarkinova Aygul Sersenovna

 

I-darajali "Benuqson xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan

podpolkovnik Karimova Gulnoza Abduraximovna

 

II -darajali "Benuqson xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan

mayor Xoltayeva Zuxra Fayziyevna;

mayor Begmatova Nargiza Baymatovna;

serjant Yunusova Vasila Baxodirovna

 

III - darajali "benuqson xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan

mayor Yakubova Rayxon To‘laganovna;

kichik serjant Saydaliyeva Nodirabegim Abdugafurqizi

 

“Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan

Podpolkovnik Kasimova Nodira Alimbayevna;

isteʼfodagi katta serjant Ismoilova Zulfira Turgunovna

 

“Faxriy yorlig‘i” bilan

podpolkovnik Xujanova Matluba Alimbekovna;

katta yerjant Qurbonova Mukaddas Xusan qizi

 

“Esdalik qo‘l soati” bilan

mayor Adilova Umida Utkirovna;

katta serjant Saynazarova Madina Xatamtoy qizi

 

“Pul mukofoti” bilan

mayor Djumanova Baxor Rustamovna

safdor  Botirova Xurshidaxon Xudoykulovalar mukofotlandi.

Marosimning badiiy qismida el ardog‘idagi sanʼatkorlar, xalq artisti va IIV madaniyat boshqarmasining vakillari ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga yana-da ko‘taringki kayfiyat ulashishdi.

IIBB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech