Xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy bilim malakalarini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda
Bugun, 28 yanvardan boshlab Toshkent viloyatidagi ichki ishlar organlari xodimlari savodxonligini sinovdan o‘tkazish boshlandi.
Sinovlar doirasida ichki ishlar vazirligining 400-sonli buyrug‘iga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy bilimlari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, ko‘nikma va malakalari oshirilmoqda.
Sinovlarda xodimlarning maʼrifat soatlarida faol qatnashganligi eʼtiborga olinmoqda, shuningdek, ularning maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy va tarixiy bilimlari savollar orqali mustahkamlanyapti.
Bundan tashqari, xodimlarning sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tavsiya etilgan 39 ta o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarining sinchkovlik bilan mutolaa qilingani ham alohida ahamiyatga ega.
Jarayonda ayrim xodimlarning bilim ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlash tavsiya qilinmoqda. Qayd etish kerak, bu kabi tadbirlar har tomonlama barkamol, vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qiluvchi ichki ishlar organlari xodimlarining shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Hozirda Toshkent viloyati IIO shaxsiy tarkibi o‘rtasida sinovlar davom ettirilmoqda.
IIBB Axborot xizmati