12 Dekabr 2021 yil 411

Xodimlari oʻrtasida mini futbol, stol tennisi va voleybol boʻyicha sport musobaqalari boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2021 yilning 9-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash hamda xodimlarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida, viloyat IIBB tarkibiy va hududiy boʻlinma jamoalari oʻrtasida sportning mini futbol, stol tennisi va voleybol turi boʻyicha viloyat birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.

Mini futbol mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari, bosh boshqarma apparati, TVBSO hamda Nurafshon shahri jamoalari (8 jamoa) oʻrtasida oʻtkazilgan boʻlsa, ayollar oʻrtasidagi voleybol musobaqasida bosh boshqarma apparati bilan birga IIBB Tibbiyot boʻlimi xodimlari ham faol boʻlishdi. Shuningdek, stol tennisi ham 26 nafar ishtirokchilar oʻrtasidan kuchlilari aniqlandi.

Murosasiz kechgan musobaqalarda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar hamda terma jamoalar tantanali ravishda eʼlon qilindi va bosh boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

“Mini futbol” boʻyicha 1-oʻrin Bosh boshqarma TVBSO terma jamoasi, 2-oʻrin 1-mintaqa markazi terma jamoasi, 3-oʻrin 3-mintaqa markazi terma jamoasi.

“Stol tennisi” boʻyicha 1-oʻrin B.Abdikarimov (1-mintaqa markazi PPX), 2-oʻrin S.Kuchkarov (Bosh boshqarma PPX va JTSB), 3-oʻrin X.Ermatov (2-mintaqa markazi PPX);

“Voleybol” boʻyicha 1-oʻrin Bosh boshqarma terma jamoasi, 2-oʻrin 1-mintaqa markazi terma jamoasi, 3-oʻrin 3-mintaqa markazi terma jamoalari egallashdi.

Gʻoliblarga diplom va sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech