5 Yanvar 2022 yil 4144

Ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimlarining “Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog”, “Profilaktika inspektori” va “Tergovchi, Surishtiruvchi” lavozimlariga nomzodlar qabul qilinishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishini maʼlum qilinadi.

Tanlov 2022 yilning 15-20 yanvar kunlari davomida soat 09:00 dan 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan,Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxat (propiska)da turuvchi, oliy maʼlumotga ega (oliy taʼlim muassasasini pedagog, psixolog, huquqshunos mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlaganmuddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan, bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan (erkak) fuqarolar orasidan qabul qilinadi.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar Тошкент viloyati IIBB Kadrlar boshqarmasiga shaxslarini tasdiqlovchi:

fuqarolik pasporti yoki ID-karta (asl nusxasi);

- oliy maʼlumoti to‘g‘risidagi diplom (asl nusxasi);

- harbiy guvohnoma (asl nusxasi) bilan kelishlari so‘raladi.

Manzil: Тошкент viloyati, Nurafshon shahar, Тошкент yo‘li ko‘chasi, Sada bekati, 1-uy. Тошкент viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi binosi. Murojaat uchun telefon: +998707624197 

IIBB Axborot xizmati

 

Text to speech