9 May 2022 yil
734
Vatan va xalq himoyasiga bag’ishlangan umr
Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov 9 may munosabati bilan 2-Jahon urushi mehnat fronti qatnashchisi, qolgan umrini ham vatan va xalq himoyasiga bag’ishlagan faxriy IIO xodimlari xonadonida bo‘ldi.
Jumladan, Bekobod tumanida yashovchi 91 yoshli Haydar Tazutdinov, Toshkent tumanida yashovchi 95 yoshli Gayaz Ilyasov va Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 94 yoshli Sabretdin Nasirovlar xonadoniga borildi.
Faxriylar bilan dildan suhbat qurildi. Bugungi osoyishda kunlarimizga shukrona aytilib, urushda halok bo‘lganlar yodga olindi. Ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida esdalik sovg‘alar topshirildi.
IIBB Axborot xizmati