9 Mart 2020 yil 2373

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalari xodimlari delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtiroki

XXR jamoat xavfsizligi vazirligining taklifiga binoan, seminarda ishtirok etish uchun O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni muvofiqlashtirish boshqarmasi va Xavfsiz turizmni ta'minlash idoralari vakillaridan iborat O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2019 yil 25 noyabrda Shanxayga tashrif buyurishdi. Delegatsiya a'zolari Shanxay siyosiy va huquqiy universiteti hududida joylashgan ShHTga Xalqaro huquqiy tayyorgarlik va hamkorlik markazining mehmonxonasida joylashdilar.

2019 yil 26-noyabr kuni Markazning majlislar zalida "O'zbekiston turizm politsiyasi - 2019" seminarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Xitoyga tashrifi davomida quyidagi mavzular bo'yicha seminarlar bo'lib o'tdi: 

"Xitoy an'anaviy madaniyati"

"Yangi avlod Xitoy rahbariyati jamoasining davlat boshqaruvi: yangi kontseptsiya, mafkura va strategiya" 

"Megapolislarni boshqarish  va jamoat xavfsizligini ta’minlash" 

"Shanxay politsiyasining xalqaro huquqni himoya qilish sohasidagi hamkorligi, amaliyoti va tahlili", "Internetdagi ma'lumotlarni tanlash va tarmoqdagi ochiq manbali ma'lumotlarni tahlil qilish", " Favqulodda voqealarni  boshqarish va ularni bartaraf etish", shuningdek, "Xitoyda turizmni rivojlantirish" mavzusidagi ma'ruzani, sayyohlikni standartlashtirish bo'yicha milliy ekspert, turizm assotsiatsiyasi direktori o'rinbosari, Shanxay biznes maktabining o'qituvchisi janob Lin o'qidi.

 

Text to speech