17 Yanvar 2025 yil 2293

Oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalari nazariy va amaliy tarzda oʻrgatilmoqda

Toshkent viloyati IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan maktab oʻquvchilari uchun yoʻl harakati qoidalari darsligi oʻtilmoqda.

Jumladan, jumaYoʻl harakati qoidalari targʻiboti kunimunosabati bilan Nurafshon shahridagi 48-sonli maktabda oʻquvchilar uchun maxsus mashgʻulot tashkil etildi. Tadbir davomida bolalarga yoʻl harakati qoidalari, yoʻlda xavfsiz harakat qilish madaniyati va yoʻl belgilari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ularning nazariy bilimlari amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi.

Mashgʻulotda oʻquvchilar faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday tadbirlar orqali nafaqat bolalarning huquqiy bilimi oshirilmoqda, balki ularda masʼuliyatli harakatlanish koʻnikmalari ham shakllantirilmoqda.

Bu tadbirlar bolalar oʻrtasida xavfsiz harakat madaniyatini shakllantirish, yoʻl transport hodisalarining oldini olish hamda qoidabuzarliklarga nisbatan murosasizlikni tarbiyalash maqsadida tashkil etilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yildagi 316-sonli Qarori asosida maktablardaYoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish sinfxonalaritashkil etilgan.

Text to speech