Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholi bilan sayyor qabuli
Aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabulda Toshkent viloyati prokurori, viloyat IIBB boshligʻi, Prezident Xalq qabulxonasi, Sud, Departament, Adliya, Soliq hamda FVB rahbariyati ishtirok etdilar.
Yuqori Chirchiq tumanida sud-huquq masalalari
boʻyicha oʻtgan sayyor qabulda ichki ishlar organlariga oid murojaatlar
Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov tomonidan koʻrib
chiqildi.
Jarayonda aholining, Ichki ishlar organlariga
xizmatga kirish va qayta tiklash, tergov, probatsiya xizmati, huquqbuzarliklar
profilaktikasi, YPX va boshqa shu turdagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning
asosiy qismi qabul jarayonida va muhokamalarda ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha
oʻrganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish
boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
IIBB Axborot xizmati