Uch nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari davomida YPX inspektori tomonidan 3 nafar qidiruvdagi shaxs aniqlandi.
Joriy yilning 9-noyabr kuni Yangiyoʻl shahrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori safdor M.Muratov qoidabuzarlik sodir etgan piyodani toʻxtatgan. Unga nisbatan elektron tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida, 1982 yilda tugʻilgan A.R. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, sud tomonidan “qamoq” ehtiyot chorasi belgilanishiga qaramasdan huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan qochib yurganligi aniqlangan.
Shu kabi, 15 noyabr kuni Parkent tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori safdor S.Yunusov piyoda B.S. ni qoidabuzarlik sodir etganligi uchun toʻxtatib, elektron tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida u ham qidiruvda ekanligi aniqlagan. Parkent tumani IIB tomonidan olib borilgan surishtiruvga koʻra, Fargʻona viloyatida yashovchi ushbu shaxs Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan qochib yurgan.
Yana bir holatda 18 noyabr kuni YPX inspektori safdor S.Yunusov Parkent tumanida xizmat olib borayotgan vaqtida qoidabuzarlik sodir etgan piyodani toʻxtatgan. Qoidabuzarligi yuzasidan elektron tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida, mazkur fuqaro ham qidiruvda ekanligi aniqlangan. Surishtiruvlarga koʻra, Fargʻona viloyatida yashovchi 1996 yilda tugʻilgan L.K. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasida koʻrsatilgan bir necha jinoyatni sodir etib huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib yurganligi aniqlangan.
Ushlangan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida ular hududiy IIBga olib borilgan.
IIBB Axborot xizmati