“Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Chirchiq shahri “Semruh” mahallasi hududida Toshkent viloyati IIBB 1- mintaqaviy hudud patrul-post xizmati xodimlari tomonidan giyohvandlik vositasi bilan bogʻliq holat fosh etildi.
Tungi xizmat vaqtida shubhali harakat qilgan 20-25 yosh orasidagi shaxslar xodimlar eʼtiborini tortgan.
Xolislar ishtirokida oʻtkazilgan dastlabki koʻzdan kechirishda 2004 y.t. fuqaro (R.R.)ning yonidan 7 dona qadoqlangan sintetik giyohvandlik vositasi topilgan. Shuningdek, xodimlardan qochishga uringan uning tengdoshidan yana 2 dona qadoqlangan vosita aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.
Tadbir davomida hududiy IIB tezkor xodimlari ishtirokida mazkur shaxslarga tegishli Spark rusumli avtotransportda oʻtkazilgan tekshiruv davomida yana 5 dona qadoqlangan modda (sintetik giyohvandlik vositasi) saqlanayotgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.