Tungi xizmatdagi IIB xodimlar tomonidan yana bir holatda giyohvandlik vositasi aylanmasiga chek qoʻyildi!
Xabar berilganidek, Toshkent viloyatida giyohvandlik va psixotrop dori vositalari noqonuniy aylanmasining oldini olish boʻyicha keng masshtabdagi nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Xususan, kuni kecha tungi xizmatga jalb qilingan Toshkent viloyati IIBB va Yangiyoʻl tumani IIB xodimlari tomonidan 2005-yilda tugʻilgan N.N. shubhali harakatlari uchun tumanning "Chamanzor" mahallasi hududida to'xtatib tekshirilgan.
Natijada uning qoʻlida boʻlgan polimer paketda, boʻlak qadoqlarga solingan “zakladka” koʻrinishidagi giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida xujjatlashtirib olingan.
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, ushbu shaxs giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani ma'lum boʻlgan.
Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari davom etmoqda
IIBB Axborot xizmati