23 Noyabr 2021 yil 614

Transport vositasida olib ketilayotgan giyohvandlik vositasi YPX inspektori tomonidan ushlab qolindi

Viloyat hududida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz hudud”“Xavfsiz tun” keng qamrovli profilaktik tadbirlari natijalari haqida muntazam xabar berib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 19 noyabr kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB inspektorlari Qibray tumani "MAY" MFY hududida xizmat olib borayotgan vaqtda, qatnov qismida kelayotgan "Spark" rusumli avtomashina ularni koʻrib ortiga qayrilib ketadi. 

Bu holatdan shubhalangan inspektorlar avtoulovni kuzatib borishadi, kuzatuv davomida ushbu avtoulov yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun 6 million soʻmdan ortiq qarzdorligi borligini planshet orqali aniqlanadi.

Shundan soʻng, maxsus vosita orqali haydovchidan avtomobilni toʻxtatish soʻraladi.

1965-yilda tugʻilgan T.N.boshqaruvidagi avtomobil xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda transport vositasidan 5 dona gugurt qutisiga joylashtirilgan yashil rangli, oʻtkir hidli quritilgan “marixuana” giyohvand vositasi borligi aniqlanadi.

Haydovchi va daliliy ashyolar Qibray tumani IIBga topshirilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 276-moddasi 2- qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

IIBB Axborot xizmati

 

Text to speech