28 Dekabr 2021 yil 520

Toshkent viloyati IIBB – “Eng yaxshi maʼnaviy soatlarni tashkil etgan boshqarma” sifatida eʼtirof etildi

Bugun, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan 2021 yil yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda, yil davomida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligida faol ishtirok etgan, yoshlar maʼnaviyati yuksaltirish va ularning dunyoqarashini o‘stirish hamda muassasada maʼnaviy-maʼrifiy soatlarini yaxshi tashkil qilgan davlat idoralari va targ‘ibotchilar taqdirlandi.

Xususan, yil davomida eng yaxshi maʼnaviyat soatlari tashkil qilganligi uchun – Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi “Eng yaxshi maʼnaviy soatlarni tashkil etgan boshqarma” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Esdalik sovg‘alarni viloyat IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Dilmurod Xudjaqulov va Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Jaxongir Abdujalilov tantanali ravishda qabul qildi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech