6 Aprel 2020 yil 140

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining fuqarolarga MUROJААTI

Hurmatli fuqarolar! Toshkent viloyati IIBB sizni ogohlantiradi. Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish 11 mln 150 ming soʼmgacha miqdorda jarimaga tortilishga, shuningdek, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab boʼladi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan, 6 apreldan “oʼzini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etildi.

Oʼta zarur boʼlmagan vaqtlarda koʼchaga chiqmaslik, oʼzaro 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, 65 yoshdan yuqori yoshda boʼlgan fuqarolarning uydan chiqmasliklari talab etiladi. Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortiladi.

Аfsuski baʼzi fuqarolarimiz, oʼzlari va oʼzgalar hayotini xavfga qoʼyib, belgilangan tartib qoidalarga hali hanuz amal qilmay kelmoqda.

Bugun, 6 aprelь kuni Toshkent viloyati hududida karantin qoidalarini buzgan 460 nafar fuqarolar, shuningdek, 456 nafar (maxsus stikersiz) avtotransport, 8 nafar mototransport va 45 nafar velosiped haydovchilari maʼmuriy javobgarlikka tortildilar.

Bugungi kunga qadar esa karantin qoidalarini buzgan fuqarolar soni jami 4 ming 419 nafarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 aprel 20:00 holatiga jami 770 ta xonadonda 3 ming 510 nafar fuqarolar uy karantiniga olingan. Tibbiy muassasalarda karantinga olingan fuqarolar jami 8 ming 116 nafarni tashkil etadi.

Hurmatli fuqarolar! Sizning xavfsizligingiz va osoyishtaligingiz yoʼlida oʼz xizmat vazifasini bajarayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablarini bajaring,oʼzingiz va jamiyat xavfsizligi uchun karantin qoidalariga qatʼiy amal qiling!

IIBB Аxborot xizmati

Text to speech