7 Fevral 2022 yil 991

Diqqat tanlov!

Joriy yilning 1-fevralidan 28-fevraligacha Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash oyligi o‘tkazilayotganligi munosabati bilan Toshkent viloyati IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi va Axborot xizmati “Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi.

Ushbu tanlov:

Eng yaxshi ijtimoiy videorolik;

Eng yaxshi maqola (blog, post) muallifi;

Eng yaxshi fotolavha;

nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tanlovga yuborilgan materiallarda giyohvandlik halokatga eltuvchi illat ekanligi, uning salbiy oqibatlari hamda viloyat hududida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan jarayonlar aks ettirilgan bo‘lishi, giyohvandlikka qarshi kurashda jonkuyarlik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimiz fidoyiligi aks ettirilishi va jamiyatda bu illatga qarshi murosasiz kurash kayfiyatini uyg‘otishi lozim.

Tanlovga materiallar 2022-yil 25-fevralga qadar https://t.me/PRESS_GUVD manzilida qabul qilinadi.

G‘olib va sovrindorlar Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash oyligi yakunida tantanali ravishda taqdirlanadi.

Text to speech