Fuqarolar muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabulda Toshkent viloyati prokurori, viloyat IIBB boshligʻi, FVB, Sud, Departament, Bojxona, Soliq hamda Adliya boshqarmasi rahbarlari ishtirok etdilar.
Yangiyoʻl tumanida sud-huquq masalalari boʻyicha oʻtgan sayyor qabulda, Ichki ishlar organlariga oid murojaatlar Toshkent viloyati IIBB boshligʻi general-mayor Tohir Aripov tomonidan koʻrib chiqildi.
Jarayonda aholining, tergov, yoʻl harakatida xavfsizlikni taʼminlash, probatsiya, ichki ishlar organlariga ishga va oʻqishga kirish, umuman ichki ishlar organlari bilan bogʻliq bir qator murojaatlari o'rganildi.
Murojaatlarning aksariyati qabul jarayonida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu kabi aholi bilan ochiq muloqot uchrashuvi, sayyor qabullar Toshkent viloyatining shahar-tumanlari kesimida davom ettirilmoqda.
IIBB Axborot xizmati