16 Noyabr 2024 yil 2433

Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholi bilan sayyor-qabul uchrashuvlari davom etmoqda

Aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabulda Toshkent viloyati prokurori, viloyat IIBB boshligʻi, Prezident Xalq qabulxonasi, Sud, Departament, Adliya, Soliq hamda FVB boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdilar.

Olmaliq shahridagiA.Navoiynomli mahallada sud-huquq masalalari boʻyicha oʻtgan sayyor qabulda ichki ishlar organlariga oid murojaatlar Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov tomonidan koʻrib chiqildi.

Jarayonda aholining, Ichki ishlar organlariga xizmatga kirish va qayta tiklash, tergov, probatsiya xizmati, fuqarolikni rasmiylashtirish va boshqa shu turdagi 30 dan ortiq murojaatlari koʻrib chiqildi.

Murojaatlarning asosiy qismi qabul jarayonida va muhokamalarda ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholi bilan ommaviy sayyor qabullari shahar-tumanlar kesimida davom ettirilmoqda.

IIBB Axborot xizmati.

Text to speech