16 Oktyabr 2025 yil 56

Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan “Sogʻlom avlod – xavfsiz jamiyat” oyligi doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan navbatdagi tezkor tadbirlar oʻtkazildi

Toshkent viloyati boʻylab eʼlon qilingan Sogʻlom avlodxavfsiz jamiyat tezkor-profilaktika oyligi doirasida, Toshkent viloyati IIBB hamda DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Xususan, Angren shahrida oʻtkazilgan tadbirda ushbu shaharda yashovchi 2000 y.t. A.X. "zakladka" usulida yashirilganmefedronsintetik giyohvandlik vositasi 2004 y.t. shaxs (S.D.)ning koʻrsatmasiga asosan unga yetkazayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan protsessual tartibda qoʻlga olindi.

Shu kabi Oqqoʻrgʻon tumanida oʻtkazilgan tadbirda Chinoz va Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi (1983 va 1985 y.t.) ikki shaxs Oqqoʻrgʻon tumanidazakladkausulida yashirilgan 1 kggashishgiyohvandlik vositasini yashirilgan joydan olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi.

Eslatib oʻtamiz, giyohvandlik moddalari bilan qonunga xilof muomala qilish 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Text to speech