Toshkent viloyati IIBBda “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan soha faxriylari ishtirokida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
“1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasida soha faxriylari, ustozlar ishtirokida tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi. Davomi
Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan faxriylar Bosh boshqarmada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilgʻor texnik jihozlar hamda jangovar vositalar bilan tanishtirildi. Ular yosh xodimlar bilan samimiy suhbatlashib, xizmat faoliyatidagi unutilmas xotiralari hamda tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Shuningdek, bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan sharoitlarni yuksak baholadilar.
Tadbir davomida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abdulvosit Abdurazakov faxriylarni bayram bilan tabriklab, ularning yurt osoyishtaligini taʼminlashdagi xizmatlarini yuksak qadrladi.
Bir guruh faxriylar Ichki ishlar vaziri hamda Bosh boshqarma boshligʻining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.