5 Iyul 2025 yil 196

Toshkent viloyati IIBB va DXX tezkor xodimlari hamkorligida yana bir fuqaroning “odam savdosi” qurboni boʻlishining oldi olindi

Toshkent viloyati IIBB, DXX viloyat boshqarmasi hamda Ohangaron shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda fuqaroning odam savdosi qurboni boʻlishining oldi olindi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yangiyoʻl shahrida yashovchi 1990 y.t. ayol (SH.CH.) oson pul topish maqsadida oʻziga tanish boʻlgan Sergeli tumanida yashovchi 33 yoshli ayol (M.A.)ni aldab, moʻmay daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga shahvoniy ekspulatatsiya — fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, odam savdosi jinoyatini sodir qilganlar 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.v

Text to speech