Toshkent viloyati IIBB rahbariyati tomonidan Quyi Chirchiq, Boʻka va Piskent tumanlarida oʻrganish ishlari olib borildi.
Davlatimiz rahbarining hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikni jilovlash va mahallalarda osoyishtalikni taʼminlash boʻyicha topshiriqlarining amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakov hamda bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Nizom Xubbimov tomonidan Quyi Chirchiq, Boʻka va Piskent tumanlarida oʻrganish ishlari olib borildi.
Jarayonda tuman IIBlar faoliyati, paxta saqlash punktlari va mahalla profilaktika inspektorlari xizmati, huquqbuzarliklarning oldini olish choralari hamda xodimlarning xizmatga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, ijtimoiy obyektlar va tibbiyot birlashmalarida xavfsizlik choralarining samaradorligi, aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan tashkiliy ishlar nazorat qilindi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berilib, xizmat samaradorligini oshirish hamda hududlarda osoyishtalikni taʼminlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.