2 Sentyabr 2025 yil 615

Toshkent viloyati IIBB rahbariyati yangi oʻquv yili tadbirlarida ishtirok etdi

Har yili mamlakatimiz boʻylab sentyabr oyining boshidaBirinchi qoʻngʻiroqbayram tadbirlari keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun, 2-sentyabr kuni Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Asilbek Rahmonov Qibray tumanidagi 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib, “Bilimlar kunibayramida ishtirok etdi.

Tadbir davomida u maktabning pedagogik jamoasi, oʻquvchi-yoshlar va ota-onalarni Mustaqilligimizning 34 yilligi hamda yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi. Shu kuni maktabga ilk qadam qoʻygan birinchi sinf oʻquvchilariga Prezidentimiz tomonidan tayyorlangan sovgʻalaroʻquv qurollari jamlanmasi topshirildi.

Shuningdek, podpolkovnik Asilbek RahmonovMustaqillik darsida qatnashib, bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan suhbatlashdi. U yoshlarga istiqlol yillarida mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi. Yoshlarga chuqur bilim olib, ajdodlarga munosib farzand boʻlish, mamlakat taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshishlari zarurligini taʼkidladi.

Bayram tadbiri oʻquvchilarning kuy-qoʻshiqlari, sheʼrlari va chiqishlari bilan yanada koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Text to speech