14 Fevral 2025 yil 2618

Toshkent viloyati IIBB rahbariyatining aholi bilan sayyor qabul uchrashuvlari davom etmoqda

Aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan navbatdagi ochiq muloqot Ohangaron shahrida boʻlib, unda viloyat IIBB, hokimlik va hududiy korxona-tashkilotlarning masʼul rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabul davomida aholining, ichki ishlar organlarining tergov, yoʻl harakatida xavfsizlikni taʼminlash yoʻnalishi, shuningdek uy-joyni kadastr qilish va ijtimoiy himoyada yordam berish, davolanish va shu kabi 40 ga yaqin murojaat qabul qilindi.

Murojaatlarining bir qismi shu joyning oʻzida ijobiy hal etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Bundan tashqari, “Birlikmahallasidan qabulga kelgan Zulfiya Qodirova shahar IIB xodimlarning tezkor harakatidan minnatdorlik bildirish uchun kelganini maʼlum qilib, voqeaga oydinlik kiritdi. Maʼlum boʻlishicha, fuqaro mahallasida ketayotgan vaqtida ikki nomaʼlum shaxs ichida shaxsiy hujjatlari va puli boʻlgan qoʻlidagi sumkasini olib qochgan. Fuqaro imkonini qilib hududiy IIBga qoʻngʻiroq qilganini va xodimlarning 7 daqiqada yetib kelib, shu zahoti shaxslardan birini tutgani hamda kun tushguncha ikkinchisini ham topib jinoyatni qisqa muddatda fosh qilganini alohida eʼtirof etdi.

Bir soʻz bilan aytganda, ushbu uchrashuv aholi muammolariga yechim topishda ayni muddao boʻldi. Shahar-tumanlar kesimida ham 3-sektor rahbarlarining aholi bilan sayyor uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

Text to speech