17 Oktyabr 2024 yil 4041

❗️Toshkent viloyati IIBB ogohlantiradi! Internetda firibgarlikning yangi koʻrinishi avj olmoqda!

Shu kunlarda firibgarlar tomonidan telegram orqali vazirlik, idora va turli tashkilotlar rahbari yoki masʼul xodimi nomidan soxta profillar yaratilib, qoʻl ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda.

Bu qanday sodir boʻladi?

Firibgarlar
korxona yoki tashkilot rahbari nomidan telegram messenjerida soxta akkaunt ochib, qoʻl ostidagi ishchilardan biriga SMS xabar yozadi.

Muloqot davomida firibgar, xodimga goʻyoki uni huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) baʼzi maʼlumotlarni soʻrashganini aytadi. Bir ozdan soʻng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini maʼlum qiladi.

Firibgarning, yaʼnioʻz rahbarinigaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan soʻng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga soʻragan barcha maʼlumotlarini berib yuboradi. Buning oqibatida firibgarlar tuzogʻiga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablagʻlaridan ayrilib qolmoqdalar.

Ogoh boʻling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qoʻngʻiroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib, maʼlumotni qayta tekshirib koʻring!

IIBB Axborot xizmati

Text to speech