Taylandning Bangkok shahrida sportning “Jeet Kune Do” turi boʻyicha boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Toshkent viloyati IIBB Qoʻriqlash boshqarmasi xodimi, safdor Behruz Joʻrayev (85 kg vazn toifasida) oltin medal sohibi boʻldi.
Behruz musobaqada Nepal va Livan kabi Jahonning kuchli sportchilari bilan bellashgan boʻlsa, finalda Efiopiyalik sportchiga imkon qoldirmasdan gʻolib boʻldi.
Uning bu muvaffaqiyati nafaqat shaxsiy, balki ichki ishlar va yurtimiz sport jamoatchiligi uchun ham katta yutuqdir.
Toshkent viloyati IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan Behruz Joʻrayev erishgan gʻalabasi bilan muborakbod etib, jahon arenalarida Oʻzbekiston bayrogʻini yuksaklarga koʻtarishda omad va zafarlar tilab qolamiz.