21 Yanvar 2025 yil 227

Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan 2 nafar ayolni “odam savdosi” qurboni boʻlishining oldi olindi

 “Xavfsiz hududtezkor profilaktik tadbirlari doirasida 2 nafar qizlarga moʻmay daromad vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan Turkiyaga joʻnatayotgan shaxs, xalqaro aeroportda qoʻlga olindi.

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirda, Nurafshon shahrida yashovchi 1999-y.t. ayol (N.K.) oson pul topish maqsadida, Bekobod shahri va Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki nafar qiz (S.T. va M.M.)ni aldab, moʻmay daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, odam savdosi jinoyatini sodir qilganlar 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 12-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 

Text to speech