Toshkent viloyati IIBB boshligʻi , polkovnik Abduvosit Abdurazakov tomonidan 3-mintaqaviy markazga kiruvchi Bekobod va Boʻka tumanlarida ichki ishlar organlari faoliyati , jinoyatchilik holati va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻrganildi .
Oʻrganish davomida kriminogen vaziyat tahlil qilinib , jinoyatchilik yuqori boʻlgan va “qizil ” toifaga kiruvchi mahallalarda olib borilayotgan profilaktik ishlar muhokama qilindi . Jinoyatga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash , muqaddam sudlanganlar va nazoratdagi fuqarolar ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi .
Shuningdek , xizmat xonalari , navbatchilik qismlari va mavjud moddiy-texnik baza bilan tanishib , xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi . Xizmat intizomi va fuqarolar bilan muloqot madaniyati masalalariga alohida eʼtibor qaratildi .
Hudud xususiyatlardan kelib chiqib ishlab chiqilgan takliflar ham koʻrib chiqildi . Jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish , profilaktika inspektorlari va mahalla faollarining hamkorligini mustahkamlash , davlat rahbarining (PQ -1-son ) qarori asosida videokuzatuv tizimlarini keng joriy etish zarurligi taʼkidlandi .
Oʻrganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va xizmat faoliyatini yaxshilash boʻyicha koʻrsatmalar berilib , ijrosi nazoratga olindi .