13 Oktyabr 2025 yil 24

Toshkent viloyati IIBB shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi oʻtkazildi

Oʻzbekistonning oltin avlodi, siyosiy maʼrifat dasturi va xizmat intizomi hamda qonunchilikToshkent viloyati IIBBda navbatdagi maʼrifat soati bo'lib o'tdi.

TadbirdaMashʼalijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Otabek IsroilovOʻzbekistonning oltin avlodimavzusida maʼruza qilib, yoshlarimizning maʼnaviy yetukligi va vatanparvarligini yuksaltirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi. Taʼkidlanganidek, “Bugungi avlodbu ertangi Oʻzbekistonning yuzidir. Ularning tafakkuri, bilimi va masʼuliyati kelajagimizning mustahkam poydevoridir.”

Yigʻilishda, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilik va axloqiy meʼyorlarga qatʼiy rioya qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilargaSiyosiy maʼrifat soatitahliliy axborot dasturi namoyish etildi. Shuningdek, ijtimoiy himoya doirasida Nurafshon shahrida xodimlar uchun qurilayotgan turar-joy majmualari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Text to speech