Toshkent viloyati IIBB boshligʻi tomonidan Angren shahrida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
Toshkent viloyati IIBB rahbari, polkovnik Abduvosit Abdurazakov viloyatning Angren shaharida boʻlib Ichki ishlar boshqarmasi faoliyati, jinoyatchilik darajasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va “Xavfsiz va sogʻlom yurt” oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida ayniqsa xodimlarning tungi xizmati samaradorligi va jinoyatchilik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan “qizil” toifali mahallalarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi. Jinoyat sodir etishga moyil shaxslar, muqaddam sudlanganlar va nazoratdagi shaxslarga bilan olib borilayotgan ishlar hamda mahallalar yettiligi faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, xizmat xonalarining holati, navbatchilik qismi, qoʻriqlash boʻlimi va mavjud texnik infratuzilma koʻzdan kechirildi. Tungi patrullarning marshrutlar asosida yoʻnaltirilishi va qonuniylikni taʼminlashdagi natijalariga eʼtibor qaratildi.
Jinoyatchilikka oid vaziyatni yaxshilash maqsadida hududning shart-sharoitlari va mahalla xususiyatlariga asoslangan yechimlar ham koʻrib chiqildi. Tahlil yakunida esa aniqlangan kamchiliklar hamda takomillashtirish talab etiladigan yoʻnalishlar boʻyicha koʻrsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.