9 May 2025 yil 98

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyatimizda istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front va front orti faxriylariga bayram tabriklari yetkazildi

Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi”. Bugungi “9-mayXotira va qadrlash kunimunosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlarda, Ikkinchi jahon urushi faxriylari, qatnashchilari koʻrsatgan jasorat yosh avlodga yana bir bor oʻrnak va namuna boʻlib, bugungi osuda kunlarimizga shukronalik hissini uygʻotmoqda.

Xalqimiz tinchligi, mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida jasorat va fidoyilik koʻrsatgan yurtdoshlarimizni xotirlash, ayni vaqtda hayot boʻlgan urush va mehnat faxriylariga hurmat-ehtirom koʻrsatishga qaratilgan tadbirlar butun mamlakatmiz boʻylab koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati, masʼullar va jamoatchilik faollari bilan birga viloyatimizda istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front va front orti faxriylari xonadonlarida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining bayram tabrigini yetkazishdi.

Xususan, Alekseykov Vladimir Ivanovich Toshkent viloyati Qibray tumaniBoyjigitmahallasida istiqomat qiladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Toshkent viloyat IIBB boshligʻi general-mayor Tohir Aripov boshchiligida masʼullar Vladimir Alekseykov xonadonida boʻlib, “Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80-yilligiyubiley medali tantanali ravishda topshirdilarFaxriyga Ichki ishlar vazirining tabrigi oʻqib eshittirildi va bayram sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, Toshkent tumani, K.Odilov koʻchasi 112-uyda istiqomat qiluvchi 91 yoshni qarshilagan, Ilyasov Gayaz Garayevich xonadoniga ham tashrif buyurildiGayaz Ilyasov Ikkinchi jahon urushi mehnat fronti qatnashchisiJarayonda Gayaz otaga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining bayram tabrigi oʻqib eshittirildi va samimiy suhbat davomida bayram sovgʻalari topshirildi.

Navbatdagi manzil Qibray tumani, Salar shaharchasida boʻlib, “Boburkoʻchasi 20-uyda istiqomat qiluvchi 96 yoshni qarshilagan Haydarova Zaytuna ona Narzipovna holidan xabar olindiUning turmush oʻrtogʻi Mixaylov Artemon Mixaylovich (2005-yil 77 yoshida vafot etgan) ham Ikkinchi jahon urushi mehnat fronti qatnashchisi.

IIBB boshligʻi general mayor Tohir Aripov boshchiligida masʼullar Zaytuna ayaga bayram tabrigini oʻqib eshittirdilar va sovgʻalar tantanali topshirildi.

Tashrif buyurganlar nuroniy faxriylar bilan koʻrishib, ular uchun yaratilgan zaruriy shart-sharoitlar, salomatliklari hamda muammolarini ham oʻrganishdiBu kabi tadbirlar respublika miqyosida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari ishtirok davom etmoqda.

Text to speech