31 Avgust 2025 yil 216

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakovning Mustaqillik ayyomi munosabati bilan bayram tabrigi

Aziz hamkasblar, qadrli faxriylar, hurmatli yurtdoshlarSizlarni Mustaqil Oʻzbekistonimizning eng ulugʻ va eng aziz ayyomiDavlat mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman

Mustaqillik yillaridan boshlab yurtimiz barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi va erishib kelmoqda. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Inson qadri uchundegan ezgu tamoyil amaliy hayotimizga chuqur kirib, taraqqiyotimizning bosh mezoniga aylandi. Ichki ishlar organlari ham ana shu yuksak gʻoyaga sodiq qolgan holda, xalqimiz osoyishtaligi va xavfsizligi yoʻlida fidokorona xizmat qilib kelmoqda.

Shu oʻrinda, yurt osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan mard oʻgʻlonlarimizni chuqur hurmat bilan yod etib, ularning oilalariga samimiy ehtiromimni bildiraman.

Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini taʼminlash yoʻlidagi barcha yutuqlarmardona xizmatlar samarasidir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ichki ishlar organlari nafaqat moddiy-texnik, balki maʼnaviy-maʼrifiy va kasbiy jihatdan ham yangi bosqichga koʻtarildi. Tizimda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida zamonaviy bilimlarga ega, Vatanga sodiq, xalq ishonchini oqlay oladigan yangi avlod xodimlari shakllanmoqda.

Mard va fidoyi xodimlarimiz, sizlarning fidokorona xizmatlaringiz yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

Ulugʻ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sogʻliq, kuch-gʻayrat, oilalaringizga tinchlik va farovonlik, sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar tilayman.

Abduvosit Abdurazakov,
Toshkent viloyati IIBB boshligʻipolkovnik.

Text to speech