23 May 2025 yil 153

Toshkent viloyati boʻylab barcha maktablarda oʻquvchilar, ota-onalar va maktab rahbarlari ishtirokida profilaktik uchrashuvlar oʻtkazildi

Ertaga, 24-may kuni Toshkent viloyatidagi 900 ga yaqin maktabdaSoʻngi qoʻngʻiroqtadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlarni tinch, osoyishta va xavfsiz muhitda tashkil etish maqsadida Toshkent viloyati IIBB tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, barcha maktablarda oʻquvchilar va masʼullar ishtirokida tushuntirish, profilaktik va targʻibot uchrashuvlari oʻtkazildi.

Afsuski, statistik maʼlumotlarga koʻra, respublika boʻylab aynanSoʻngi qoʻngʻiroqkuni oʻquvchilar tomonidan transport vositalarini boshqarish bilan bogʻliq holatlar natijasida oʻnlab yoʻl-transport hodisalari roʻy bergan.

Ushbu hodisalarda oʻquvchilar turli darajada tan jarohati olgan va yuzdan ortiq transport vositasi texnik shikastlangan.

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va voyaga yetmagan shaxslarning YTHda ishtirok etishining oldini olish maqsadida Toshkent viloyatida oʻtkazilgan nazorat-reyd tadbirlari doirasida oxirgi 10 kun mobaynida 14 nafar maktab oʻquvchisining transport vositasini boshqargani aniqlangan.

Achinarli jihati shundaki, ayrim holatlarda voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan oʻquvchilarga ota-onalarning oʻzlari avtomobil kalitini topshirganlar.

Eslatib oʻtamiz, “Soʻngi qoʻngʻiroqtadbirlari vaqtida har bir maktabga ichki ishlar organlari xodimlari biriktiriladi. Ular tomonidan oʻquvchilarning avtomobil boshqarish holatlarini aniqlash va turli salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan muntazam nazorat ishlari amalga oshiriladi.

Toshkent viloyati IIBB barcha ota-onalarni oʻz farzandlariga eʼtiborsiz boʻlmaslikka, qonunbuzarlikka yoʻl qoʻymaslikka va voyaga yetmagan shaxslarga transport vositasini boshqarish imkonini bermaslikka chaqiradi.

Text to speech