4 Yanvar 2025 yil 3076

Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarining kengaytirilgan idoralararo yigʻilishi oʻtkazildi

Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning navbatdagi kengaytirilgan muvofiqlashtiruvchi kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning masʼul rahbarlari, shuningdek, viloyat hokimligi va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Yigʻilish davomida viloyat hududida huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Tahlil jarayonida, huquqni muhofaza qilishning samaradorligini oshirish uchun tegishli masʼul idoralar oʻrtasida koʻproq hamkorlik va muvofiqlikni yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi. 

Kelgusida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun hamkor tashkilotlar oʻrtasidagi faoliyat muvofiqlashtirish va aloqalar mustahkamlash orqali viloyatda xavfsizlikni yaxshilash masalasi belgilab olindi.

Text to speech