1 Fevral 2025 yil 748

Toshkent shahriga giyohvandlik vositalarini yetkazib beruvchi yirik narkolaboratoriya faoliyatiga chek qoʻyildi

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi hamda Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan, Poytaxtning Shayxontohur tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahriga giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni yetkazib beruvchi yirik narkolaboratoriya va omborxona faoliyatiga chek qoʻyildi.

Tadbir davomida qora bozordagi qiymati 10 milliard soʻmga teng boʻlgan 26 kg kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi daliliy ashyo sifatida olindiXavfsiz hududtezkor-profilaktik tadbirlari doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda, 1998 yilda tugʻilgan shaxs juda koʻp miqdorda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini internet orqali, kontaktsiz manzil usulida (yaʼnizakladkakoʻrinishida) sotish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.

Xonadonni koʻzdan kechirish davomida dastlabki ogʻirligi 26 kg boʻlgan (pregabalin) kuchli taʼsir qiluvchi modda hamda turli kimyoviy vositalar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi. Aniqlanishicha, ushbu shaxs internet orqali giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi guruhning omborchisi, boshqacha aytganda, “skladmen sifatida faoliyat yuritib kelgan va u narkokuryerlarga katta miqdordagi dori vositalarini yetkazib berish bilan shugʻullangan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida 80 ming dona kapsulada sotilishi rejalashtirilgan giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dorilar ishlab chiqarilishining oldi olindi. Hozirda ushbu dori vositalarining asosiy manbasini aniqlash boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech