4 Oktyabr 2021 yil 1915

“Tigʻ” tadbiri davomida 2 076 ta oʻtkir tigʻli jismlar tegishli tartibda olindi

Maʼlumki, Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish boʻyicha “Xavfsiz hudud” keng qamrovli, tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, ushbu tadbir va joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida viloyat IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Tigʻ” tadbiri davomida 2 076 ta oʻtkir tigʻli jismlar fuqarolardan tegishli tartibda olingan va chora koʻrilgan.

Shundan, 1 795 ta pichoq, 17 ta kastet, 26 ta bita va 238 ta boshqacha koʻrinishdagi oʻtkir tigʻli jismlarni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish – BHMning ikkidan bir qismidan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishdan tortib, 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Shuningdek, qonunda belgilangan boshqa holatlar ham mavjud.

Asos: OʻzR MJtKning 185-2-modda va 185-3-moddasi.

Text to speech