13 Noyabr 2021 yil 2004

Tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli tibbiyot xodimlari!

Sizlarni, sizlar orqali barcha soha vakillarini kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy qutlaymiz.

Ayniqsa, ikki kasbni bir masʼuliyat bilan olib borayotgan Ichki ishlar organlari tibbiyot birlashmalarida, xususan, Toshkent viloyati IIBB Tibbiyot bo‘limida xizmat qilayotgan soha vakillari, har qanday vaziyatlarda ham xodimlar salomatligi uchun kurashib, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotganliklari alohida eʼtirofga loyiq.

Jumladan, pandemiya davri butun dunyo tibbiyot xodimlari uchun sinovli va mashaqqatli bo‘ldi. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyat shifokorlar zimmasiga katta masʼuliyat yukladi.

Shunday murakkab va sinovli kunlarda o‘z hayotingiz va sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yib, kasallikning tarqalishini oldini olish bilan birga, yurtimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash ishlarida munosib hissangiz bor.

Xodimlarimizning salomatligini muhofaza qilish, ularga yuksak eʼtibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasida ham fidoyilik namunalarini ko‘rsatib kelmoqdasiz. Bu kabi masʼuliyatli kasbda sizdek jonkuyar va fidoyi tibbiyot xodimlarimizning o‘rni beqiyosdir.

Fursatdan foydalanib, sizlarni, Toshkent viloyati IIBBning ko‘p sonli shaxsiy tarkibi nomidan yana bir bor samimiy tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘lik va tinchlik-xotirjamlik, masʼuliyatli va sharafli ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.

Toshkent viloyati
Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Text to speech